Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
SHAXS TARBIYASIDA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN PEDAGOGIK KONTENTLARNI ISHLAB CHIQISH MEXANIZMLARI
Maqola matni
Mazkur maqolada shaxs tarbiyasida muloqot madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik kontentlarni ishlab chiqish mexanizmlari tahlil qilinadi. Muloqot madaniyatining mazmuni, uning o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi o‘rni hamda raqamli ta’lim muhitidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, kontent maqsadini belgilash, mazmunini yosh va psixologik xususiyatlarga muvofiq tanlash, interaktiv topshiriqlar va vaziyatli mashqlardan foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda tarbiyaviy natijalarni baholash masalalari ko‘rib chiqiladi. Pedagogik kontentlardan maqsadli foydalanish o‘quvchilarda tinglash, fikrni asoslash, boshqalarga hurmat va nizolarni madaniyatli hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida asoslanadi.
