Anjumanlar / “Shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilgan raqamli kontentlarning xalqaro standartlari va amaliyotga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish”
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH SINOVLARIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARINI RAQAMLI FORMATDA RIVOJLANTIRISH
Maqola matni
Jahon miqyosida ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, o‘qitish va baholashning yangi metodik ta’minotini zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga mos holda takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida xalqaro baholash bo‘yicha tashkil qilingan (IEA - International Association for the Evaluation of Educational Achievement, PIRLS - International Reading Literacy Study) dunyo ta’limining samaradorligini ta’minlashni tatqiq qilib kelinmoqda”. Ko‘plab raqamli matnlar qog‘ozdagi matnning raqamli formatga aylantirilgan shakliga qaraganda murakkarroq bo‘ladi. Qog‘ozga asoslanmagan raqamli matnlarni o‘qishdagi qiyinchiliklar ularning qo‘shimcha xususiyatlari (ya’ni, ularni qog‘oz matnlaridan farqlovchi xususiyatlar) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu xususiyatlarning eng muhimlari — skroll qilish, multimedia vositalaridan foydalanish, gipermurojaatlar (hyperlinks), matnning turi va murakkabligi hamda qo‘shimcha chalg‘ituvchi elementlar bo‘lishidir.
