Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son

FALSAFIY-ANTROPOLOGIK YONDASHUV TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING METODOLOGIK ASOSI SIFATIDA

FALSAFIY-ANTROPOLOGIK YONDASHUV TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING METODOLOGIK ASOSI SIFATIDA

Sirojiddinova Xurshidaxon Rustambek qizi14/10/2026 Farg'ona viloyati 39 ko'rish

Maqola matni

To'liq o'qish

Maqolada tarbiya jarayonini tashkil etish va uning samaradorligini oshirishda falsafiy-antropologik yondashuvning metodologik o‘rni hamda pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Muallif G‘arb pedagogik antropologiyasi vakillari (F. Herbart, O. Diltey, V. Natorp) qarashlariga tayanib, insonni tarbiyaviy faoliyatning markaziy subyekti sifatida talqin etish zarurligini asoslaydi. Tadqiqotda falsafiy-antropologik yondashuvning insonparvarlik, individuallashtirish, subyektiv faollik, rivojlanish hamda pragmatizm (amaliy yo‘naltirilganlik) kabi yetakchi tamoyillari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur prinsiplarning O‘zbekiston zamonaviy ta’lim amaliyotidagi, xususan, “Inson qadri uchun” konsepsiyasi va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi davlat siyosatidagi aks-sadosi ko‘rsatib berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish

Maqola mualliflari geografiyasi

Viloyatlar bo'yicha maqola topshirgan (qabul qilinishidan qat'i nazar) mualliflar soni.