Jurnallar / Tarbiya metodikalari, 2026-yil 1-son
KINESTETIK O‘QITISH USULLARI VOSITASIDA METAKOGNITIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH: PEDAGOGIK OLIY TA’LIMI MISOLIDA
Maqola matni
Ushbu maqolada pedagogik oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning metakognitiv fikrlash ko‘nikmalarini kinestetik o‘qitish usullari vositasida rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Muallif metakognitiv faoliyatning tarkibiy modellarini (deklarativ, protsessual, shartli bilim hamda rejalashtirish, monitoring, baholash bosqichlari) va kinestetik ta’limning “tana tajribasiga asoslangan bilish” konsepsiyasi bilan bog‘liqligini tahlil qiladi. Maqolada kinestetik vositalarning ilmiy-didaktik tasnifi (harakatli modellashtirish, rolli o‘yinlar, simulyatsiyalar) keltirilgan hamda harakat orqali o‘rganish va refleksiv-kognitiv mexanizmlarning o‘zaro integratsiyasi asoslab berilgan.
